Typescriptni o'rganish kerakmi?

Invalid Date (Today)

Typescriptni o'rganish kerakmi?

Typescript o'zi nima? Typescript dasturlash tili hisoblanib, Javasript dasturlash tilining ustiga qurilgan Javascript superseti hisoblanadi. Typescriptda Javascript sintaksisi orqali qat'iy tiplarga asoslangan dasturlash tilida kod yozish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Typescriptni qayerlarda ishlatish mumkin?

Typescript Javascript qayerda run bo'lsa, o'sha yerda run bo'la oladi:

  • Browserda
  • NodeJS
  • va boshqa Javascript run bo'ladigan joylarda Typescriptni ishlatish mumkin.

Nega aynan Typescript?

Keling endi hozirgi kunda nega ko'pchilik Typescript ni ishlatayotganini ko'rib chiqaylik:

  • Eng birinchi sabab, kelib chiqishi mumkin bo'lgan xatolar (buglar) sonini kamaytirish. Typescript kod yozish orqali siz Javascriptda kod yozganingizga qaraganda ancha-muncha kam xatolarga yo'liqasiz. Masalan Airbnb Javascriptdan Typescriptga o'tish orqali Javascriptda duch kelingan kamchiliklarning qariyb 38% ini bartaraf etgan. Typescript orqali siz productionda foydalanuvchilar duch kelishi mumkin bo'lgan potensial xatolar (buglar)ni kod yozayotgan paytingizni o'zida oldini olishingiz mumkin.
  • Typescript sizga kodingizni odatdagidanda ko'ra tezroq yozish imkonini beradi.
  • Typescript 2022-yilda eng yaxshi 3 ta dasturlash tillari qatoriga kirgan.
  • Typescript sizning kodingizni sifatini yanayam oshiradi. Typescriptni bilgan dasturchi Typescriptni bilmagan dasturchiga qaraganda yaxshiroq va sifatliroq kod yozadi. Typescriptni bilmagan dasturchi sifatsiz kod yozadi deyishdan yiroqmiz, biroq Typescript sizning bilimlaringizni yuqoriroq darajaga olib chiqa oladi.
  • Hozirda Typescriptga bo'lgan talab oshib bormoqda. Typescriptni bilmagan Javascript dasturchi hozirgi paytda ish topishi biroz mushkulroq. Chunki Typescript dasturlash olamida allaqachon katta obro'ga ega bo'lib ulgurdi.

Typescriptni hamma o'rganishi kerakmi?

Typescriptni o'rganishingiz kerakmi yoki yo'qligi o'zingizga bog'liq. Agar siz Javascriptdan bilimlaringiz yaxshi ekanligiga ishonsangiz, bu holatda Typescriptni o'rganishni boshlayverishingiz kerak. Lekin agar siz hali Javascriptni o'zini to'liq o'rganib ulgurmagan bo'lsangiz, unda Typescriptni o'rganish uchun hali erta. Chunki Typescript Javascriptning ustiga qurilgan dasturlash tili. Javascriptdan bilimlaringiz yetarli emas bo'lsa, Typescriptni o'rganish sizga faqat zarar olib keladi.

Typescriptni o'rganishingizdan oldin muhim maslahatlar...

Typescript ni ilk o'rganish jarayoni biroz mushkul kechishi mumkin, chunki siz Typescript da oddiy, normal Javascript kod yozolmaysiz. Kodingiz errorlarga to'lib ketadi.

Kodingiz xatolarga to'lib ketadi

Yana bir muhim jihat shundaki, Typescriptni o'rganish jarayonida ba'zi dasturchilar Javascriptda yozilgan loyihalarni olishadi va Typescriptga o'girmoqchi bo'lishadi va o'zlarini o'zlari o'qqa cho'qqa urishadi...

Aynan mana shu pallada ular Typescriptni o'rganishdan voz kechishadi. Typescriptni o'rganmoqchimisiz, Javascriptda yozilgan loyihalaringizni Typescriptga o'giraman deb hamma .js fayllarni .ts ga o'girish noto'g'ri. Typescriptda loyiha qilmoqchimisiz, unda 0 dan boshlang shu loyihani. 0 dan to'liq Typescriptda ko'taring loyihani.

Aynan mana shu pallada, ular Typescriptni o'rganishdan voz kechishadi

Biroq, bu hali boshlanishi. Ortga bir marta yiqilish, bu oldinga ikki marta sakrash uchun imkon deganlaridek, Typescriptda kod yozishni boshlaganingizda siz duch keladigan bir dunyo xatolar kelajakda sizga katta foyda olib keladi. Xatolar qilavergach, tajribangiz oshadi va kamroq xato qilishga o'tasiz. Keyin esa, oldingidan ancha tezroq, yaxshiroq va samarali kod yozishni boshlaganingizni tushunib yetasiz.

Typescriptni qayerdan o'rgangan ma'qul?